» » Alisher Usmonov haqidagi maqoladan so‘ng Rossiyaning “Rosbalt” nashrida tintuv o‘tkazildi

Alisher Usmonov haqidagi maqoladan so‘ng Rossiyaning “Rosbalt” nashrida tintuv o‘tkazildi


Rossiyaning “Rosbalt” sayti bosh muharriri Nikolay Ulyanov Alisher Usmonov haqidagi maqoladan so‘ng tahririyatda tintuv o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Govoritmoskva.ru” xabar bedi.

Xabarda aytilishicha milliarder nomiga dog‘ tushiruvchi xabar chop etilgan bo‘lib, ushbu xabar yuzasidan o‘tgan yilning dekabr oyida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qarorda jinoiy ish shunchaki internetda tarqalgan xabarlar yuzasidan ochilganmi yoki “Rosbalt” nashri xodimiga nisbatanmi, tushunarsizligicha qolgan.

Nikolay Ulyanovning aytishicha, huquq-tartibot organlari tahririyatdagi barcha kompyuterlar parolini berishni talab qilgan.

“Biz Ichki ishlar organlariga shu ishga aloqador bo‘lgan tahririyatda ishlaydigan xodimimizning  ish joyidagi kompyuteridan qattiq diskni olishiga to‘sqinlik qilmaymiz. Lekin ular “Rosbalt”ning barcha xodimlari kompyuterlari parolini berishni talab qildi. Ehtimol, biz bunga rozilik beramiz, aks holda ular barcha kompyuterlarimizdagi qattiq diskni olib qo‘yishi va tahririyat ishi to‘xtab qolishi mumkin”, — degan Ulyanov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют