» » O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, ammo ro‘yxatning oxirida qolmoqda

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, ammo ro‘yxatning oxirida qolmoqda


“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkiloti (Reporters sans fronti?res, RSF) har yillik matbuot erkinligi reytingini e’lon qilgan (veb-saytga O‘zbekistondan kirish imkonsiz), deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston unda 160-o‘rinni egallagan hamda matbuot erkinligining eng yomon pozitsiyasiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tark etgan. O‘tgan yili O‘zbekiston ro‘yxatda 165-o‘rinni egallagan. Shu bilan birga, hozirgi holat RSF tomonidan “yomon” (bad) deb baholanmoqda.

“Nazorat, senzura va o‘z-o‘zini senzura qilish hali ham mavjud, hukumat esa ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni sezilarli darajada saqlab turibdi”, — deyiladi tashkilot hisobotida.

Qozog‘iston reytingda 158-o‘rinni, Tojikiston esa 161-o‘rinni egallagan. Turkmaniston 180-o‘rinda reytingga yakun yasaydi. Qirg‘iziston matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “muammoli” (problematic) deb baholangan yagona Markaziy Osiyo mamlakatiga aylanib, 83-o‘rinni egallagan.

Rossiya (148-o‘rin), Belarus (153), Ukraina (102), Moldova (91), Armaniston (61) va Gruziya (60) sobiq SSSR mamlakatlari ichida O‘zbekistonga nisbatan yuqorida joylashgan. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida vaziyat ancha yaxshi: Litva - 30, Latviya - 24, Estoniya - 11-o‘rin.

Birinchi o‘rni Norvegiya, Finlyandiya ikkinchi, Shvetsiya uchinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘ntalikka Gollandiya, Daniya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Yamayka, Belgiya va Kosta-Rika kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют