» » Fargonada 2 ta bibliobus avtobus ichidagi kochma kutubxona ish boshladi

Fargonada 2 ta bibliobus avtobus ichidagi kochma kutubxona ish boshladi


Fargonada Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida 2 ta bibliobus avtobus ichidagi kochma kutubxona ish boshladi. Mazkur bibliobuslar viloyatning togli va uzoq hududlarida kitobxonlarga kutubxona va savdo xizmati korsatadi. Bu haqda Daryoga Yoshlar ittifoqi Fargona viloyati kengashi matbuot xizmati malum qildi.

Bibliobuslarning har biriga 1500 donadan badiiy va ilmiy-marifiy kitoblar joylashtirilgan. Viloyat axborot-kutubxona markazining Ferghana bookland QR-kodli elektron kitoblar tablosi ornatilgan. Bibliobusda bepul Wi-Fi tarmogi bolib, foydalanuvchilar elektron kitoblarni oz mobil qurilmalariga bepul yuklab olishi mumkin.

Bibliobuslar dastlab Yozyovon tumanining Xonobod mahalla fuqarolar yiginidagi 13-, 14-, 15-maktablar va mahalla guzarlari, shuningdek, Quvasoy shahridagi Mirzo Ulugbek mahalla fuqarolar yigini hududida kitobxonlarga bepul xizmat korsatdi. 105 nafar yoshlar bibliobus kochma kutubxonaning ilk azolari boldi. Ularga ozbek va jahon adabiyotining sara asarlari 15 kun muddatga foydalanish uchun berildi.

17-aprel kuni bibliobuslar Dangara, Beshariq, Ozbekiston va Uchkoprik tumanlaridagi mahalla fuqarolar yiginlari hamda umumiy orta talim maktablarida boldi. 483 nafar yoshlar kochma kutubxona azoligiga qabul qilindi. Ularga ozbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan 495 tasi 15 kun muddatga foydalanish uchun berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -