» » Ozbekistonda 2019-yilning birinchi choragida naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani tashkil etdi

Ozbekistonda 2019-yilning birinchi choragida naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani tashkil etdi


Yagona umumrespublika protsessing markazining (YAUPM) statistik malumotlariga binoan, 2019-yilning 1-chorak natijalari qator korsatkichlar boyicha stabil osishni namoyon etdi, deb xabar berdi Uzcard matbuot xizmati.

Joriy yilning 1-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 millionni tashkil etib, 2018-yilning otgan 4-choragida belgilangan 72,1 millonlik holatiga nisbatan 1,69 million som farq bilan 2,3% lik osishni qayd etdi.

2019-yilning 1-choragida elektron kommersiya boyicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 million somni tashkil etdi. Ushbu korsatkich 2018-yilning 4-choragida qayd etilgan 2 017 000 million somga nisbatan 499,3 milliard som farq bilan 24,8% lik osishni korsatmoqda.

Joriy yilning 1-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 milliontani, miqdorda esa 15 166 740 million somni tashkil etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali otkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliontani, miqdori esa 5 939 327 million somni tashkil etgani belgilandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ...