» » Jahon banki Namangandagi institut uchun 80 ming dollar ajratdi

Jahon banki Namangandagi institut uchun 80 ming dollar ajratdi


Namangan muhandislik-texnologiya institutining “To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish” loyihasi Jahon banki tomonidan 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha davomida ta’lim-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada yaxshilash, sohaga malakali mutaxassis kadrlar yetkazib berish, texnik sohalar uchun o‘qitishning innovatsion yondashuv usullarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda stajirovka o‘tashi kabi ishlar amalga oshiriladi.

—2019—2020-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan bu loyihaning ilk bosqichida dunyoning eng yaxshi mingtalik reytingiga kiruvchi texnik OTMlarning me’yoriy hujjatlari va o‘quv bazasini o‘rganish asosida o‘qitishning innnovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi, — deydi institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari nomzodi Avazbek Obidov. — Bundan tashqari, Shveysariyaning Rieter to‘qimachilik mashinasozligi kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi to‘qimachilik korxonalariga o‘rnatilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyadan unumli foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют