» » “Farg‘ona” poligonida ratsionalizatorlik ishlari namoyish etildi

“Farg‘ona” poligonida ratsionalizatorlik ishlari namoyish etildi


“Farg‘ona” poligonida Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalari o‘rtasida ixtirochilik, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazma jangovar tayyorgarlik, jangovar ta’minot, texnik ta’minot, reketa artilleriya qurol-aslahalari hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar kabi beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan.

Unda harbiy xizmatchilar tomonidan kashf etilgan harbiy texnikalar va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar, ixtirolar namoyish etilgan.

90 dan ortiq ratsionalizatorlik g‘oyalari namoyish etilgan ko‘rgazma davomida ishtirokchilar hali hech yerda qo‘llanilmagan ilg‘or texnikalar bilan tanishgan.

G‘oliblar Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov tomonidan diplom va esadalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют