» » “Mikrokreditbank” tomonidan Bo‘ka tumanidagi oilalarga quyonchilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratilmoqda

“Mikrokreditbank” tomonidan Bo‘ka tumanidagi oilalarga quyonchilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratilmoqda


Keyingi yillarda yurtdoshlarimiz farovonligini yanada oshirish, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar turmush tarzi yaxshilanishiga ko‘maklashish maqsadida – tijorat banklari tomonidan kam foizli kreditlar ajratilib, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilayotgani hech kimga sir emas.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus esa bu boradagi xayrli ishlar ko‘lamini yanada kengaytirib yubordi.

Davlat rahbarining ana shu beshta tashabbusini qo‘llab-quvvatlash doirasida kuni kecha Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida keng miqyosdagi tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ham faol qatnashib, hududdagi aholi talablariga ko‘ra, imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratdi.

Ushbu kredit mablag‘lari hisobidan tumandagi 20 ta kam ta’minlangan oilalarga 200 boshdan ziyod quyon va ularni saqlash uchun quyon qafaslari, hatto ozuqasigacha yetkazib berildi.

Chindan ham, ezgulik va savob – to‘kis bo‘lmog‘i kerak.

Ushbu tashabbus respublikamizning boshqa tumanlarida ham davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют