» » Farg‘onada harbiy xizmatga jo‘natish uchun 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Farg‘onada harbiy xizmatga jo‘natish uchun 500 dollar olgan shaxs ushlandi


Farg‘onada muddatli harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilib 500 dollarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ayolning qilmishi fosh bo‘ldi, deya xabar beradi “O‘zA”.

A. O. qo‘shnisi A.R ning oyog‘ida varikoz kasalligi bois viloyat chaqiruv komissiyasini tibbiy ko‘rigidan o‘ta olmagan. U qo‘shnisini muddatli harbiy xizmatga jo‘natishga yordam bermoqchi bo‘lib, Farg‘ona shahrida yashovchi D.Toshxodjayevani topgan. D.Toshxojayeva A.O ni ishonchiga kirib, uning tanishini o‘zining yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali harbiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, bir yillik muddatli harbiy xizmatga jo‘natishini va’da qilgan. Uni aldab, vakolatli mansabdor shaxslarga 500 dollari miqdorida pora berishga da’vat qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda D. Toshxojayeva muddatli harbiy xizmatga jo‘natishga kelishilgan 500 dollarni olgan vaqtda ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, D. Toshxojayevaga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют