» » BMT Bosh kotibi 106 mamlakatda odam savdosi borligini ma’lum qildi

BMT Bosh kotibi 106 mamlakatda odam savdosi borligini ma’lum qildi


BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bugungi kunda dunyoda odam savdosi mavjud bo‘lgan 106 mamlakat bor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Odam savdosi tarmoqlari butun dunyoga tarqalgan. Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi 106 mamlakatga borib yetgan”, — dedi Bosh kotib BMT Xavfsizlik kengashining qurolli mojarolarda odam savdosi muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, IShID va “Boko Haram” tashkilotlari “nafaqat ochiqdan-ochiq asirlikka olish va mehnat qilishga majburlash bilan shug‘ullanmoqda, balki bu qonuniy ekanligini ham ta’kidlamoqda”.

Bosh kotib Suriyada IShID asirlar bozorini tashkil etgani va hatto ayollar va qizlarni ushlash, nazorat qilish va ular ustida savdolashish bo‘yicha eslatma tarqatganini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro mehnat tashkiloti axborotiga ko‘ra, dunyoda 21 million kishi majburiy mehnat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lib, bu jinoyatchilarga 150 milliard dollargacha foyda keltirmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют