» » Germaniya Facebook va Twitter’ga soxta ma’lumotlar uchun jarima solishni rejalashtirmoqda

Germaniya Facebook va Twitter’ga soxta ma’lumotlar uchun jarima solishni rejalashtirmoqda


Germaniya hukumati ijtimoiy tarmoqlarga taqiqlangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida o‘chirmagani uchun 50 million yevrogacha jarima solish qonun loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur chora, eng avvalo, Facebook va Twitter’ga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

2015-yil dekabr oyida kompaniyalar Germaniya hukumati bilan ksenofobiya va soxta yangiliklar tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha kelishuv imzolagan va foydalanuvchilarning shunday turdagi xabarlariga nisbatan ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida tegishli matnni o‘chirishga va’da bergan.

Biroq Germaniya Adliya vazirligining so‘nggi tadqiqot natijalari Facebook’da ham, Twitter’da ham mazkur masalada o‘tgan yilga nisbatan hech qanday o‘sish kuzatilmaganini ma’lum qildi. Mikrobloglar xizmati haligacha noqonuniy ma’lumotlarning bor-yo‘g‘i 1 foizini o‘chirayotgani, lekin shunda ham belgilanganidek birinchi sutkalarda o‘chirishga ulgurmayotgani aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, Facebook’ning noqonuniy ma’lumotlarga qarshi kurashish samaradorligi tushib ketgan bo‘lib, hozirda mazkur ijtimoiy tarmoq maxsus bayroqcha bilan belgilangan xabarlarni faqatgina 39 foizini o‘chirmoqda. O‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich 46 foizga teng bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda, Mark Sukerberg kompaniyasi ushbu ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini aytib, haqiqiy ko‘rsatkichlar ancha yuqoriligiga ishontirishga urinmoqda.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют