» » Avstraliyada dingo yovvoyi iti belanchakda yotgan bolani o‘g‘irlab ketdi

Avstraliyada dingo yovvoyi iti belanchakda yotgan bolani o‘g‘irlab ketdi


Avstraliya sharqida joylashgan Freyzer orolida dingo yovvoyi iti ko‘chma uyga kirdi va belanchakda yotgan bir yoshdan oshgan bolani o‘g‘irlab ketdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Qayd etilishicha, bolani o‘limdan uning otasi saqlab qolgan. Ota yovvoyi hayvonning og‘zidan 14 oylik bolani tortib olgan.

“Ota-ona qo‘rquv bilan uyg‘onib, itning ortidan quvib ketgan hamda farzandini qutqarish uchun bir nechta dingolar bilan kurashishga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi xabarda.

Bola boshi va bo‘ynidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют