» » “Har bir oila – tadbirkor” dasturida “Agrobank” ham faol

“Har bir oila – tadbirkor” dasturida “Agrobank” ham faol


“Qizim Nazokatxon qo‘li gul chevar. U tikkan bolalar liboslari, ayniqsa, bayramlarga mo‘ljallangan kiyimlarga talab ko‘p. Bolajonlar uchun ayiqpolvon, quyoncha, tulkioy yoki sholg‘omni eslatuvchi quvnoq liboslarga buyurtma berish uchun qo‘shni tumanlardan ham izlab kelishadi. Keyingi vaqtlarda buyurtmalar ko‘pligidan bir o‘zi ulgurmayotgan edi. “Agrobank”dan berilgan 11 million so‘mdan ziyod mablag‘ ishimiz rivojida qo‘l kelmoqda. Uch yilga berilgan bu kredit evaziga biz uchta tikuv mashinasi xarid qilib, yangi ish o‘rni ochdik”.

Bu Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi Nasiba Erkaboyevaning dil so‘zlari edi.

Joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifidan so‘ng viloyatda “Har bir oila – tadbirkor” harakati keng quloch yoymoqda.

Har bir hudud xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, bunyodkorlikning barcha yo‘nalishlarini yuksaltirishga oid topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan, Chust tumanida oilalar manfaatdorligini oshirishda “Agrobank” ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Joriy yilning 1-aprel kuniga qadar “Agrobank” ATBning Chust filiali tomonidan 477 nafar oilaga 8,1 milliard so‘m kreditlar ajratildi. “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida berilgan ushbu mablag‘lar ko‘pgina oilalar manfaatdorligini oshirish bilan bir vaqtda sohalar yuksalishga ham xizmat qilmoqda.

Oilalarga taqdim etilayotgan kredit mablag‘lari aniq maqsadlarga yo‘naltirilmoqda. Ya’ni, xonadonlarda tikuvchilik, to‘quvchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar barpo etish, chorva mollari boqish, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik bilan shug‘ullanish va boshqa qator yo‘nalishlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun taqdim etilmoqda. Misol uchun, 27 million so‘m kredit olgan Mehriniso Mirahimova tuyaqushchilikni rivojlantirish maqsadida tuyaqush jo‘jalarini xarid qildi. Habibulla Obodov  olingan 12  million 220 ming so‘m evaziga naslli qoramol xarid qildi.

– Kichik maydonda qurilgan qo‘lbola issiqxonada mahsulot yetishtirardik, – deydi Chust tumani Karnon qishlog‘ida yashovchi Abdulla Madaliyev.

– Zamonaviy issiqxona qurishga mablag‘imiz yetmasdi. Yaqinda bank ajratgan qariyb 15 million so‘m evaziga zamonaviy issiqxona qurdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, ularning har biri o‘rtacha 5 kilogramm hosil bersa, yaxshigina daromad ko‘ramiz. Mayning boshida bodring, oktabrda esa ko‘katlar yetishtirish niyatidamiz. Shu tariqa bir yilda uch marta hosil olsa bo‘ladi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi kattayu kichikni birdek harakatga keltirib qo‘ydi. Kim bilan suhbatlashmang, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib nafaqat oilasiga, balki jamiyat rivojiga hissa qo‘shish niyatida ekanini aytadi. Ayniqsa, ushbu dastur aholi zich yashaydigan Namangan viloyatida muhim masala – bandlik muammosini hal etish bilan birga, aholi xonadonlarining daromadini oshirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Сайт: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: instagram.com/agrobank_uz

Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют