» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd dollarga yetdi


2019-yil yanvar-mart oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 9,4 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,2 foizga o‘sdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Shu jumladan, eksport hajmi 4,1 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 20,6%) va import hajmi 5,2 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 32,9%) yetdi.

Eksport

Eksport tarkibida tovarlar 83,9% ulushga ega bo‘lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,2%), to‘qimachilik va to‘qimachilik buyumlari (8,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (6,0%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,5%) guruhlari hissasiga tog‘ri kelmoqda.

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 2,9 milliard dollarni tashkil etib, 35,2 foizga o‘sdi.

Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 33,6 foizini tashkil qiladi.

Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat.

Import

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,5%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,0%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,7%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

2019-yilning yanvar-mart oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-mart oyida, yanvar oyiga nisbatan 1,3 milliard dollarga ko‘p import qilindi va 5,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Respublikaga 132 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 ta eng yirik bo‘lgan Rossiya, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 3,4 milliard dollarga teng. Bu esa umumiy import hajmining 64,5 foizini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют