» » Angliyaning 4 ta klubi 35 yil ichida birinchi marta Yevrokuboklar yarim finaliga chiqdi

Angliyaning 4 ta klubi 35 yil ichida birinchi marta Yevrokuboklar yarim finaliga chiqdi


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinlarida “Arsenal” safarda “Napoli”ni mag‘lub etgan bo‘lsa (1:0, ilk uchrashuv — 2:0), “Chelsi” o‘z maydonida “Slaviya” ustidan g‘alaba qozonib (4:3, dastlabki bahs — 1:0), musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.

Qayd etish joiz, ushbu haftada “Liverpul” hamda “Tottenhem” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Shunday qilib, 4 ta ingliz klubi 35 yil ichida ilk bor bitta mavsumda Yevrokuboklar yarim finaliga chiqdi, deb xabar berdi Opta.

1983/84-yilgi mavsumda “Liverpul” Chempionlar Kubogining yarim finalida Buxarestning “Dinamo” klubini yutgandi (1:0, 2:1), final o‘yinida esa “Roma”dan ustun kelgandi (1:1, penaltilar seriyasi — 4:2).

“Manchester Yunayted” Kubok egalari kubogining yarim finalida “Yuventus”ga yutqazgandi (1:1, 1:2).

UEFA Kubogining 1/2 finalida “Nottinhem Forest” “Anderlext”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa (2:0, 0:3), “Tottenhem” klubi “Hayduk”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mehmonda urilgan gollar evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:2, 1:0). Final bahsida esa “Anderlext”ni taslim qilib, musobaqa chempioniga aylangandi (1:1, 1:1, penaltilar seriyasi — 4:3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют