» » Yunusoboddagi “Asaka bank” filialiga so‘mga almashtirish uchun taqdim etilgan 29 ming yevro qalbaki bo‘lib chiqdi

Yunusoboddagi “Asaka bank” filialiga so‘mga almashtirish uchun taqdim etilgan 29 ming yevro qalbaki bo‘lib chiqdi


Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida bank tomonidan berilgan xabarga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida fuqaro A.Z. tomonidan “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют