» » Kattaqo‘rg‘onda ishiga noloyiq mahalla raisiga chora ko‘rildi

Kattaqo‘rg‘onda ishiga noloyiq mahalla raisiga chora ko‘rildi


Joriy yilning 16-aprel kuni ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallalardan birining raisi bilan aholi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida video tarqaldi, bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Zarnews xabar qiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zokirjon Raimov kechki payt mast holatda o‘z mahallasidagi fuqarolar bilan janjallashib, ularni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan. Ishdan so‘ng u boshqa insonlar kabi erkin bo‘lishini pesh qilib odob-ahloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va nomunosib xatti-harakatlarni sodir etgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarning murojaatlari asosida mahalla raisiga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Kattaqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra, Zokirjon Raimovga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan eng kam ish haqining 10 (o‘n) baravari miqdorida, ya’ni 2 027 300 (ikki million yigirma yetti ming uch yuz) so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining buyrug‘iga asosan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi vakolati muddatidan oldin tugatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют