» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi (foto)

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi (foto)


O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy martabali mehmon sharafiga tashkil etilgan ushbu konsertda O‘zbekiston san’atkorlari, koreys madaniyat markazi a’zolari va Janubiy Koreyadan kelgan ijodiy guruhlar qatnashdi.

Ma’lumki, mamlakatda ikki yuz mingga yaqin koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ular mamlakatlar va xalqlarni yanada yaqinlashtirishda katta rol o‘ynamoqda.

Ertaga Toshkentda Koreys madaniyati va san’ati uyi ochiladi. U koreys xalqining madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Konsertda o‘zbek va koreys milliy kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Ularda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Prezidentlar konsert ishtirokchilari bilan esdalik uchun suratga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют