» » Xorazmda sug‘urta markazi rahbari 10 ming dollar miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi

Xorazmda sug‘urta markazi rahbari 10 ming dollar miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi


2019-yil 20-fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi binosida, ochiq sud majlisida M. Abdullayevga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi “Daryo”ga xabar berdi.

Tuman sudining hukmiga ko‘ra, M. Abdullayev “Kapital sug‘urta” AJ “Poytaxt” sug‘urta markazi rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan payt firibgarlikka qo‘l urgan.

2018-yil sentabr oyida Xorazm viloyati Baliq sanoati uyushmasi tomonidan baliqchilik yetishtirishga ko‘l barpo etish uchun yer maydoni ajratilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida fuqaro M. Ahmadovga tegishli MChJ g‘olib chiqqan. Lekin M.Abdullayev tenderda ko‘lni yutib olinishida yordami tekkani, ya’ni ushbu ko‘lni Toshkent viloyatida ishlovchi mansabdor shaxs orqali tenderda yutishda va qaror chiqarilishida yordam qilganini aytib, M.Ahmadovdan pora talab qilgan.

2018-yil 18-dekabr kuni Urganch shahri, “Amir Temur” ko‘chasida joylashgan “Mash’al” nomli umumiy ovqatlanish binosida tamagirlik yo‘li bilan so‘mga nisbatan qiymati 83 255 900 so‘m bo‘lgan 10 000 dollarni qonunga xilof ravishda olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sudlanuvchi M. Abdullayev sud muhokamasida aybiga to‘la iqrorlik bildirdi. Jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har taraflama, sinchiklab tekshirilib, sud tomonidan M. Abdullayevga JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdor va moddiy javobgarlik yuklatilgan shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют