» » Toshkentda Koreyaning Adju universiteti tashkil etiladi

Toshkentda Koreyaning Adju universiteti tashkil etiladi


“Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Loyihada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Koreya Respublikasining Adju universiteti o‘rtasida Adju universiteti ta’lim dasturlarini joriy qilish to‘g‘risida “Kelishuv loyiha”si ishlab chiqilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga dastlabki konsultatsiya ishlarini bajarishi uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 2,1 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida konvertatsiya xarajatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha mablag‘ ajratsin”, — deyilgan hujjat loyihasida.

Shuningdek, Adju universitetiga o‘tkazib beriladigan 2,1 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ soliqqa tortish obyekti emasligi belgilab qo‘yilishi qayd etilgan.

Adju universiteti Janubiy Koreyaning Suvon shahrida joylangan. Universitet 1973-yilda tashkil etilgan. Ushbu oliygoh texnika, tibbiyot va axborot texnologiyalari sohalariga ixtisoslashgan. Universitetda xorijiy tinglovchilar uchun shifoxona faoliyat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют