» » O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi 980 nafar nogiron ayolga amaliy yordam berdi (foto)

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi 980 nafar nogiron ayolga amaliy yordam berdi (foto)


O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, pirovardida ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yil 1-choragida 980 nafar muhtoj xotin-qizlarga nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiq tayoq, xassalar, xodunok moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishda bepul ravishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shahar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirilmoqda. Ushbu tadbirlar uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliarddan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют