» » Rossiyalik yetakchi onkologlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi (foto)

Rossiyalik yetakchi onkologlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi (foto)


Rossiyadagi N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari I.Doroshev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda institut matbuot kotibi Ra’noxon Hayitboyeva “Daryo”ga xabar berdi.

Rossiyalik yetakchi onkologlar, institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan “Zamonaviy aspektlar: onkologik kasalliklarni erta aniqlash strategiyasi, davolash va profilaktikasi” mavzusidagi seminar-treningda onkologik xastaliklarning oldini olish, kasallikni erta aniqlash va davolashda qo‘llanilayotgan tibbiy usullar haqida so‘z yuritildi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Mehmonlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida ham bo‘lib, shifokor va bemorlar bilan muloqot qurdi.

N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazining davolash-profilaktika bo‘limi mudiri A.Snegovoy, jarrohlik bo‘limi mudiri, kolorektal jarrohlik bo‘yicha mutaxassis V.Kulushev, jarrohlik bo‘limi ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori D.Ryabchikov va aspirant O.Talipov andijonlik hamkasblari bilan birga bemorlarni davolash amaliyotida qatnashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют