» » Huawei toliq intellektual dunyoni yaratish uchun innovatsiyalarga etibor qaratmoqda

Huawei toliq intellektual dunyoni yaratish uchun innovatsiyalarga etibor qaratmoqda


Huawei kompaniyasi Xitoyning Shenchjen shahrida har yili tashkil etiladigan galdagi Global tahlil sammitini otkazdi. Joriy yilda mazkur sammit Toliq ulangan intellektual dunyoni yaratish mavzusiga bagishlandi. Sammit ishtirokchilari yangi texnologiyalarni uzluksiz ishlab chiqish va tatbiq etish orqali toliq intellektual dunyoni yaratishga oid masalalarni muhokama qilishdi. Aynan mana shu maqsadda kompaniya Innovatsiyalar 2.0 konsepsiyasini taklif etdi va strategik tadqiqotlar institutining tashkil qilinishini malum qildi. Huawei kelgusi 5 yil davomida ilgor texnologiyalarga doir tadqiqotlarga jiddiy etibor qaratadi.

Ken Xu (Ken Hu), Huawei kompaniyasi raisining orinbosari, 16-Global tahlil sammitida kirish nutqini sozlamoqda.

Huawei kompaniyasining raisi Ken Xu (Ken Hu) sohaviy trendlarga aloqador kompaniyaning tahliliy malumotlari va uning strategik rejalari bilan bolishdi. Intellektual dunyo koz ongimizda. Biz unga nihoyatda yaqinmiz. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori hozirda taraqqiyot uchun misli korilmagan imkoniyatlarga ega, - dedi Ken Xu. Shuningdek, kompaniya raisining takidlashicha, 5G texnologiyalari kutilganidan kora ancha tezroq joriy qilinmoqda, va eng qizigi, ayni davrda 5G-qurilmalarning evolyutsiyasi 5G-tarmoq evolyutsiyasi bilan bir maromda qadam tashlamoqda. Huawei prognozlariga kora, 2025-yilga borib jahonda 5G foydalanuvchilari soni 2,8 mlrd. kishiga yetadi. Kompaniya kop sonli ulanishlarni qollab-quvvatlaydigan sodda, kuchli va intellektual tarmoqlarni yaratish maqsadida olga intilmoqda.

Barcha sohalarda suniy intellektdan foydalanish korxonalarda bulutli hisoblash texnologiyalarining tatbiq etilishini tezlashtiradi. Ken Xuning sozlariga qaraganda, kompaniya bulutli texnologiyalar bozoridagi raqobatga suniy intellekt asosidagi imkoniyatlar raqobati sifatida yondashmoqda. Bizning suniy intellekt sohasiga kiritgan strategik investitsiyalarimiz bulutli texnologiyalarni joriy qilish poygasida oldinga chiqib olishimizga yordam beradi, deya qayd etadi Huawei raisining orinborsari. Shu bilan birga, u Huawei yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda davom etishini, nafaqat hozirgi davr uchun, balki kelajak uchun ham sarmoya ajratishini ishonch bilan takidladi. Huawei faqat tijoriy muvaffaqiyat qozonishga intilmasdan, balki sohani rivojlantiradigan kompaniyalar va ijtimoiy taraqqiyotning oldingi qatorida harakat qiladi. Kompaniyaning asosiy maqsadi har bir inson, uy va tashkilot uchun toliq intellektual dunyoning ustunliklarini kashf etishdan iborat.

Boshqaruv direktori va Huawei strategik tadqiqotlar institutining prezidenti Uilyam Syuy (William Xu) kompaniya ozi uchun Innovatsiyalar 2.0 davrini ochishini elon qildi.

Innovatsiyalar 2.0 bu umumiy taraqqiyot konsepsiyasi bazasida nazariy yutuq va ixtirolardir. Strategik tadqiqotlar instituti kelgusi besh yil mobaynida asosan ilgor texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar bilan shugullanadi. Fundamental fanlar, texnologiyalar va texnologik innovatsiyalar sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun biz har yili 300 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratamiz. Bu biz olib borayotgan tadqiqotlarning muhim qismidir, deydi janob Syuy. Yana uning qayd etishicha, Huawei nazariy izlanishlar va fundamental texnologiyalar yonalishidagi innovatsiyalarga turtki berish uchun universitetlar va tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlaydi, bu orqali mazkur sohaga va umuman butun dunyoga yangi yol ochadi.

Huawei quyidagi beshta yonalish boyicha sohada yetakchi bolishga intiladi: texnik arxitekturani qayta korib chiqish, mahsulot arxitekturasini qayta kashf etish, soha taraqqiyotining oldida ishlash, soha uchun yangi yonalish ochish va yangi sohani rivojlantirish.

Tarmoqlar orasidagi ozaro tasir, hisoblash texnoligiyalar va bulutli hisoblashlar intellektual dunyoning fundamental infratuzilmasiga aylanadi, hamda suniy intellekt ushbu yangi dunyoni harakatga keltiradi, deydi Devid Van (David Wang), Huawei boshqaruvining ijrochi direktori, investitsiyalar boyicha kuzatuv kengashi raisi hamda AKT-strategiya va marketing boyicha prezidenti. Kelajakka nazar solib shuni aytishim mumkinki, jahondagi eng yaxshi tarmoq aloqasi bilan taminlash uchun biz Mur qonunini qayta korib chiqamiz va Shennon nuqtasini kurashga chaqiramiz, shu bilan birga, hisoblash resurslari yanada keng tarqalishi uchun hisoblash arxitekturasini qayta korib chiqamiz.Biz sohaning raqamli transformatsiyasiga moljallangan alo gibrid bulutni yaratamiz va suniy intellekt texnologiyalari har yerda tatbiq etilishi uchun barcha senariylarga mos kompleks tartibli SI-yechimlardan foydalanamiz.

Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish har doim Huawei kompaniyasining bosh maqsadi va uning uzluksiz rivojlanishini belgilaydigan muhim omillardan biri bolib kelgan. Mazkur yonalishda Huawei doimo oz mijozlarining talablariga etibor qaratgan: songgi ottiz yil mobaynida u jahondagi AKT-yechimlar va aqlli qurilmalar taminotchisiga aylangan holda, buyurtmachilar va hamkorlar bilan birgalikda barcha sohalar va umuman jamiyat uchun tijoriy potensialni kuchaytirmoqda.

Intellektual dunyo koz ongimizda va hozirda AKT-sohasi yuksalish uchun misli korilmagan imkoniyatlarga egadir. Huawei joriy loyihalarga investitsiya ajratish, tarmoqdagi ozaro aloqa, hisoblash texnologiyalari va bulutli hisoblashlar sohasidagi yangi texnologiyalarni yaratish va tatbiq etishda, umumiy qilib aytganda, kelajakka sarmoya kiritishda davom etadi.

Birinchi Huawei tahlil sammiti 2004-yilda tashkil qilingan, shundan beri 16 yil mobaynida har yili otkazilib kelinmoqda. Koplab parallel sessiyalarga ega bolgan joriy yildagi sammit 16-18-aprel kunlari bolib otmoqda. Unda 680 nafardan ziyod sohaviy va moliyaviy tahlilchilar, goya yetakchilari va OAV vakillari ishtirok etmoqda. Qatnashchilar bir qator mavzular va trendlar borasida oziga xos malumotlar bilan ortoqlashish imkoniyatiga ega boldilar. Batafsil malumot uchun quyidagi havolaga oting:

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2019, 10:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -