» » A Seriya. “Inter” bugun “Roma”ni qabul qiladi, “Yuventus” esa “Fiorentina”ni sinovdan o‘tkazadi

A Seriya. “Inter” bugun “Roma”ni qabul qiladi, “Yuventus” esa “Fiorentina”ni sinovdan o‘tkazadi


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 33-tur bahslari boshlanadi.

Turning dastlabki o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” jamoasi mehmonda “Parma” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, milanliklar 32-turda “Latsio”ni mag‘lub etgandi (1:0).

Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z mayonida “Fiorentina” bilan jang qiladi. Ta’kidlash joiz, turinliklar avvalgi turda safarda kechgan bahsda SPALga yutqazib qo‘yib (1:2), muddatidan avval chempionlikni biroz ortga surgandi.

Turning markaziy o‘yida Luchano Spaletti qo‘l ostidagi “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa” stadionida Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi bilan jang qiladi. To‘qnashuv soat 23:30 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, 32-turda milanliklar “Frozinone”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Roma” “Udineze” ustidan Edin Jekonining kiritgan goli evaziga g‘alaba qozongandi (1:0).

22-aprel, dushanba kuni turning so‘nggi o‘yinda “Napoli” klubi “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. Ma’lumot uchun, neapolliklar 67 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

32-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

33-tur bahslari

20-aprel, shanba

22-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют