» » Olimlar “Titanik” qoldiqlari 20 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishini aytdi

Olimlar “Titanik” qoldiqlari 20 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishini aytdi


1912-yilda cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” kemasi okean tubida qolib ketaveradi: dastlab halokatning aniq joyi ma’lum emasdi, keyin esa kema qoldiqlarining holati yomonlashayotgani aniqlandi. National Geographic yozishicha, bugungi kunda olimlar “Titanik”ka 20 yildan uzoq vaqt bermayapti.

Kemaning bo‘laklari 3750 metr chuqurlikka cho‘kib ketgan edi. Laynerning ikkita asosiy bo‘laklaridan tashqari, o‘n minglab maydaroq qismlar esa 4,8?8 km maydondagi okean tubiga sochilib ketgan edi.

Suvdan minglab artefaktlar chiqarib olindi, ammo yirik bo‘laklarni suv tubidan ko‘tarib chiqarish iloji bo‘lmadi. 1991-yildayoq kema bo‘laklarini o‘rganayotib, olimlar ular mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlaridan iborat qatlam bilan va ko‘p qavatli zang bilan qoplanganligini aniqlagan edi, uning qalinligi esa doimiy ravishda ortib bormoqda.

Kema korpusi va uning atrofida 24 xil turdagi umurtqasiz hayvonlar va 4 turdagi baliq yashaydi, shularning 12 turi metall va yog‘och konstruksiyalarni faollik bilan yemirib bormoqda. Eng asosiy dushman esa bungacha fanga noma’lum bo‘lgan va layner sharafiga nomlangan Halomonas titanicae bakteriyasi bo‘lib chiqdi.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют