» » Janubiy Koreya vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasi faxriy professoriga aylandi

Janubiy Koreya vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasi faxriy professoriga aylandi


20-aprel kuni Toshkentda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekiston—Koreya hamkorligi markazini tashkil etish  to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi alohida ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Mazkur markazning ochilishi ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuv faollashishiga yordam beradi.

Memorandumga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning bosh rejasi, shu jumladan, sohaning huquqiy asoslari, tibbiyot xodimlarining bilimlarini muntazam takomillashtirish, davlat-xususiy sektor hamkorligi hamda tibbiy turizm va tibbiy sug‘urta sohasida mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston—Koreya forumi doirasida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid o‘zaro anglashuv memorandumi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreya Xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida imzolangan ishoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, shuningdek, Koreya Respublikasining Kyong Buk universiteti klinikasi va Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangani ham uchrashuvda alohida e’tirof etildi.

Muloqotda tibbiyot sohasini rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Pak Ning Xu “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют