» » Rossiyaning eng mashhur avtomobillari ma’lum qilindi

Rossiyaning eng mashhur avtomobillari ma’lum qilindi


“Avtostat” tahliliy agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, Rossiyada joriy yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan avtomobilar orasida Lada Granta birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon shu rusumdagi 26,6 mingta yangi mashinalar sotilgan. Bu 2018-yilning dastlabki uch oyiga nisbatan 39 foizga ko‘p.

Ikkinchii o‘rinni 27,8 mingta sotilgan LADA Vesta egallagan bo‘lib, ushbu model mart oyida eng rekord darajada sotilgan — 12 850 ta.

Uchinchi pog‘onadan 22,3 mingta sotilgan KIA Rio o‘rin olgan. Koreya kompaniyasiga tegishli ushbu model Rossiyada eng mashhur xorijiy avtomobil bo‘lib qolmoqda.

Birinchi o‘ntalikka, shuningdek, Hyundai Creta va Hyundai Solaris, Volkswagen Polo, LADA Largus, Renault Duster, Toyota Camry va Skoda Rapid avtomobillari kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют