» » BMT: Yamanda ochlik 17 million kishining hayotiga xavf solmoqda

BMT: Yamanda ochlik 17 million kishining hayotiga xavf solmoqda


Yaman aholisining deyarli uchdan ikki qismi ochlik bilan to‘qnash kelib, tez yordamga muhtojlik sezmoqda. Kuchli darajadagi oziq-ovqat yetishmasligi 17 milliondan ziyod kishining hayotiga xavf solmoqda. Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, YuNISEF va Butunjahon oziq-ovqat dasturining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Aholisining, taxminan, 17 million nafari oziq-ovqat xavfsizligining ‘favqulodda’ yoki ‘inqiroz’ darajasida turganini hisobga olgan holda aytish mumkinki, Yaman ayni damda butun dunyoda yirik ochlik o‘choqlaridan biri sanaladi. Ya’ni 2016-yil iyunidan beri och qolayotganlar soni 21 foizga oshgan”, — deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat aholisining deyarli to‘rtdan bir qismi yashaydigan ikki provinsiya — Taiz va Al-Hudayda qo‘shimcha gumanitar yordamsiz ochlik qopqoniga tushish xavfi ostida qolmoqda.

Mazkur provinsiyalar avvaldan Yamanda asosiy oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar bo‘lib kelgan. Mojaroning kuchayishi bilan ikki yildan beri intensiv davom etayotgan fuqarolik to‘qnashuvlari ushbu provinsiyalarda ham mushkul vaziyatni yuzaga keltirgan.

Mojaro oziq-ovqat xavfsizligi va yashash uchun zarur ehtiyojlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yamanning qariyb 80 foiz uy xo‘jaligi iqtisodiy holati inqirozgacha bo‘lgan darajaga nisbatan yomonlashganini ma’lum qilgan.

“22 provinsiyadan 20 tasi oziq-ovqat xavfsizligining ‘favqulodda’ yoki ‘inqiroz’ darajasida turibdi, aholining qariyb uchdan ikki qismi ochlik bilan to‘qnashib, hayotini saqlab qolish uchun tez yordamga hamda yashashi uchun zarur ehtiyojlarga muhtojlik sezmoqda”, — deyiladi  bayonotda.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют