» » “Siti” tarixda ilk bor birinchi bo‘limda umuman zarba bera olmadi, Gvardiola ilk marta chorak finalga chiqa olmadi

“Siti” tarixda ilk bor birinchi bo‘limda umuman zarba bera olmadi, Gvardiola ilk marta chorak finalga chiqa olmadi


Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola faoliyati davomida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib kela olmadi. 46 yoshli murabbiy “Barselona” va “Bavariya” bilan musobaqaning eng kamida yarim finaliga qadar yetib kelishni uddalay olardi.

“Manchester Siti” esa uning boshqaruvida nimchorak finaldayoq to‘xtadi. Statistiklar ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” o‘z tarixida birinchi bor Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinning birinchi bo‘limida raqib darvozasiga birorta ham zarba bera olmadi. Bunga qadar “Manchester Siti” 45 daqiqa davomida hech bo‘lmaganda 1 ta hujumi bilan yodda qolardi.

Biz ajoyib ikkinchi bo‘limni o‘tkazdik, birinchisida esa maydonda borligimiz ham sezilmadi. Faqatgina ikkinchi taymning o‘zida zo‘r bo‘lish kam bo‘lib chiqdi. Vaholanki agressiv himoyalanishni maqsad qilgandik.

Odatda biz yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatamiz. Bugun esa bunday bo‘lmadi. Mag‘lubiyatdan saboq chiqarishimiz kerak. Hozircha tajribamiz kam.

Bunday vaqtlarda standartlardan unumli foydalanish kerak. “Barselona” va “Real” shunday qildi, biz esa eplolmadik.

Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

“Monako” klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim shogirdlari birinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmaganiga oydinlik kiritdi.

Chorak finalga chiqqanimizdan juda xursandman. Angliyadagi o‘yinni 2-3 marta ko‘rib chiqdim, xulosam shuki, 3:5 bu haqqoniy hisob emasdi. Shunchaki himoyada hafa qiladigan darajada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Bugun esa birinchi bo‘limda zo‘r o‘ynadik va raqibga umuman o‘yin bermadik. Ikkinchi bo‘limda raqib taktikasini o‘zgartirdi va bizga ancha qiyin bo‘ldi. Biz esa ikkita hujumchi bilan o‘ynashda davom etdik. Chunki “Siti”ga to‘pni berib qo‘ymaslik kerak edi.

Hozir fransiyalik muxlislariga bayram tortiq qilganimizdan baxtiyormiz. So‘nggi paytlarda biz ikkinchi bor chorak finalga yetib kelmoqdamiz. Angliyaning ikkinchi jamoasini mag‘lub etganimiz Fransiya chempionatining kuchini ko‘rsatib turibdi.

O‘yin oldidan qo‘rqayapsizmi yoki yo‘q deb savol berishdi. Men himoyalanishni yoqtirmayman va ochiq futbolni qadrlayman.

Leonardu Jardim, “Monako” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют