» » O‘z joniga qasd qilgan Peruning sobiq prezidenti o‘limi oldidan xat qoldirgan

O‘z joniga qasd qilgan Peruning sobiq prezidenti o‘limi oldidan xat qoldirgan


O‘z joniga qasd qilgan Peruning sobiq prezidenti Alan Garsiya o‘limi oldidan qoldirgan xatda o‘zining aybsiz ekanligini yozib qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Unda sobiq prezident pora olmaganini ma’lum qilgan.

“Mamlakatni boshqarishda yo‘l qo‘ygan xatolarim sabab bizning muxolifatchilar mening nomimni qoraga chiqarish yo‘lini tanladi. Lekin ular hech narsa topmadi va men ularni yana mag‘lubiyatga uchratdim. Chunki ular o‘zlarining spekulyatsiyalari va umidlarining puchga chiqishidan boshqa hech narsani hech qachon topa olmaydi. Hech qanday hisob raqami ham, pora ham, boylik ham bo‘lmagan”, — deb yozgan xatda.

Garsiya, shuningdek, uning o‘limi raqiblariga nisbatan manfurlik belgisi ekanligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 69 yoshli Garsiya o‘z joniga qasd qilishga uringanidan so‘ng 17-aprel kuni Limadagi kasalxonada vafot etgan. Politsiya uni korrupsiyada gumon qilib qo‘lga olmoqchi bo‘lganida sobiq prezident o‘zini otgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют