» » Dzyudo. Diyora Keldiyorova Osiyo-Okeaniya chempioni bo‘ldi

Dzyudo. Diyora Keldiyorova Osiyo-Okeaniya chempioni bo‘ldi


20-aprel, shanba kuni BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati boshlandi.

Kattalar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. -52 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Diyora Keldiyorova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Diyora oltin medali uchun kechgan final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurendan ustun keldi. U finalga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rimni taslim etishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют