» » Darig‘a Nazarboyeva Jambildagi avtobus avariyasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Darig‘a Nazarboyeva Jambildagi avtobus avariyasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi


Qozog‘iston Senati raisi, mamlakat birinchi prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva Jambil viloyati Qo‘rday tumanida yuz bergan avtobus ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.

“Jambil viloyatida 11 kishini hayotdan olib ketgan fojiali yo‘l-transport hodisasi oqibatlari yuzasidan chuqur ta’ziya izhor qilaman. Halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va quvvatlov so‘zlarini yetkazaman, barcha jabrlanuvchilarning tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman. Hozirgi vaqtda tegishli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, xizmatlar ishlamoqda, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda”, — deyiladi Qozog‘iston Senati matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan axborotda.

Eslatib o‘tamiz, “Toshkent—Olmaota” yo‘lining Jambil viloyati Qo‘rday tumanidan o‘tgan 181-kilometrida 20-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:09 da 49 kishini olib ketayotgan Van Hool rusumli avtobus ag‘darilib ketgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi undan oldinda ketayotgan Toyota avtomobili va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH yuz bergach, undan qochaman deb yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi oqibatida avtobus ag‘darilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 11 kishi, jumladan, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Tan jarohati olgan 32 kishining 13 nafari o‘zbekistonlik bo‘lib, ulardan uch nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha topshiriq bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют