» » Olmaliqda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

Olmaliqda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi


Olmaliq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini organ xodimi deb tanishtirib yurgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yil 5-mart kuni fuqaro D.M. Olmaliq shahar IIBga murojaat qilib, fuqaro T.I.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘raydi.

Ariza mazmuniga ko‘ra, fuqaro T.I. shahar IIBda ishlovchi tanishi orqali D.M.ning voyaga yetmagan farzandi uchun “Voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqish pasporti”ni qisqa muddatda rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 3 million so‘m xizmat haqi so‘raydi. Fuqaro D.M.ni ushbu pullarsiz ishi bitmasligiga ishontirgan firibgar undan 1,5 million so‘m oladi va ehtiyoji uchun sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor tergov harakatlari davomida ayblanuvchining boshqa jinoyatlari ham fosh etildi.

Aniqlanishicha, firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan T.I. boshqalarni IIBdagi tanishlari orqali har qanday masalani hal eta olishiga ishontirib, undan yordam so‘raganlarni chuv tushiradi.

Xususan, ulardan transport vositasini mastlik holatida boshqargani uchun jarima maydoniga qo‘yilgan avtomashinani olib chiqishi evaziga 300 dollar, belgilangan miqdordan ortiq yo‘lovchi olgan fuqaroga tuzilgan ma’muriy bayonnomani hech qanday jarima to‘lamagan holda hal qilishi evaziga 200 dollar, fuqaroga nisbatan olib borilayotgan surishtiruv ishini qisqa muddatda ijobiy hal qilish evaziga 2 million so‘m so‘raydi va ushbu mablag‘ning asosiy qismini qo‘lga kiritib, ehtiyoji uchun ishlatadi.

Fuqaro T.I o‘zini boshqalarga DXX tezkor vakili lavozimida ishlashini aytib, fuqaroga nisbatan IIB tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga 3,5 million so‘m talab qiladi. Shuningdek, organ nomidan fuqaroga tegishli uyali aloqa vositasini olib qo‘yadi va 400 ming so‘mga sotib yuboradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют