» » Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri: O‘zbekiston Qozog‘iston bilan investitsiyalar va bozorlar uchun kurash olib boradi

Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri: O‘zbekiston Qozog‘iston bilan investitsiyalar va bozorlar uchun kurash olib boradi


O‘zbekistonning mintaqaviy pozitsiyalari mustahkamlanishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy gegemon almashishiga olib kelishi, shuningdek, investitsiyalar va bozorlar uchun raqobatni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov CFO Summit 2017 da aytib o‘tdi, deb yozadi “Vlast”.

Qozog‘istonga xavf soladigan tashqi risklar haqida gapirar ekan, vazir “uyg‘onayotgan va liberalizatsiyalashayotgan O‘zbekiston”ga e’tibor qaratdi. U ushbu mamlakatni o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan va, ehtimol, shakllanayotgan siyosiy yo‘nalish tufayli hozircha aniqlash qiyin bo‘lgan katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan mamlakat deb atadi.

“Biroq shunga qaramay, bu (O‘zbekistonning mustahkamlanishi) biz uchun aniq chaqiriq bo‘ladi. Biz ko‘nikib qolgan tushuncha bo‘yicha va xolisona aytganda ham, Qozog‘iston — mintaqadagi gegemon. Endi esa u o‘zgarishi mumkin, men iqtisodiy gegemonni nazarda tutyapman. Investitsiyalar uchun kurash, bozorlar uchun kurash kuchayishi mumkin. Bu ham biz o‘rta muddatli davrda hal qilishimiz kerak bo‘lgan chaqiriqlardan biri”, — dedi u.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют