» » La Liga. “Barselona” o‘z uyida, “Atletiko Madrid” esa safarda g‘alaba qozondi (video)

La Liga. “Barselona” o‘z uyida, “Atletiko Madrid” esa safarda g‘alaba qozondi (video)


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida 4 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Eybar” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 85-daqiqada Madrid klubi a’zosi Toma Lemar tomonidan urildi. Natijada “matraschilar” mehmonda kechgan bahsda “Eybar”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Madridliklar kelasi mavsum ham Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.

Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Real Sosyedad”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 45-daqiqasida kataloniyaliklar himoyachisi Klement Langle Usmon Dembele uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 62-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Xuanmi hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 2 daqiqa o‘tib “ko‘k-anor ranglilar”ning boshqa bir himoyachisi Jordi Alba jamaosining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:1).

Shu tariqa “Barselona” “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan bahsda “Real Sosyedad” ustidan g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur turdan so‘ng Ernesto Valverde shogirdlari ochkolari sonini 77 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko Madrid”da esa 68 ochko mavjud.

La Liga

33-tur bahslari

20-aprel, shanba

Gollar: 1:0  34 Yago, 1:1 — 48 Portu, 2:1 — 69 Bufal

Gol: 0:1 — 85 Lemar

Gollar: 1:0 — 45 Langle, 1:1 — 62 Xuanmi, 2:1 — 64 Alba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют