» » O‘zbekistonda raydshering servisi ishga tushirildi

O‘zbekistonda raydshering servisi ishga tushirildi


Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Great Gate kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobilda birgalikdagi sayohat uchun dastur ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda universitet rasmiy sayti. PoPuti.uz dasturini smartfonga yuklab olish mumkin. Servis pul hamda vaqtni tejagan holda butun O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi.

PoPuti.uz loyihasi raydshering servisi hisoblanadi. Raydshering – onlayn-servis yordamida hamroh yo‘lovchi izlagan holda xususiy avtomobildan foydalanishdir. Bunda yonilg‘iga ketadigan xarajat avtomobil egasi hamda yo‘lovchi o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi markazida ishlaydigan IUT talabalari, bir necha oy davomida Android va iOS platformasida ishlaydigan mobil dasturlar hamda vebsaytni ishlab chiqdi.

Sardor Islomov, IUT ning 2-bosqich talabasi: “Biz PoPuti.uz mobil dasturlar hamda vebsaytini foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulay qilib yaratishga harakat qildik. Biz mazkur loyihamiz ustida ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, mazkur loyiha transport-logistika sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi”.

“Mazkur servis yordamida insonlar osongina o‘zlariga hamroh yo‘lovchi topishlari mumkin. Tizimda shuningdek, chat bo‘lib, uning yordamida avtomobil egasi hamda yo‘lovchi safar vaqtini yoki yo‘nalishini muhokama qilishi mumkin. Shuningdek, loyiha qatnashchilari bir-birlarini baholashi mumkin”, — qo‘shimcha qildi Islomov.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют