» » Chinozda yangi Ahmadboy paydo boldi. U 350 kishidan 3 mlrd somdan oshiq pul toplashga ulgurgan

Chinozda yangi Ahmadboy paydo boldi. U 350 kishidan 3 mlrd somdan oshiq pul toplashga ulgurgan


Hali Ahmadboy ishi yakuniga yetmay turib, jinoyatga jazo muqarrar ekani kundek ravshan bolib turgan bir vaqtda Chinozda yangi Ahmadboy paydo boldi. Bu haqda Huquq nashri malum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Chinoz tuman bolimi tomonidan yana bir moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs qolga olindi. Bosit Xojayev (ism-familiyasi ozgartirilgan) ham pul topishning oson va noqonuniy yolini tanlab, fuqarolarning ishonchiga kiradi.

U Ahmadboy ssenariysi asosida fuqarolardan pul, avtomashina, qoramol va boshqa qimmatli buyumlarni ikki barobar qilib qaytarish evaziga qabul qilib olavergan. Vaqt otgani sayin uning mijozlari ham kopayib boraveradi. Aynan shuning hisobiga B.Xojayevning faoliyati kengayaveradi.

Ishni shu tariqa davom ettirgan Ahmadboyning izdoshi qisqa vaqt ichida 3 milliard 42 million 302 ming som pul yigishga erishadi. Mazkur mablaglarni legallashtirish maqsadida dastlab Samara Group masuliyati cheklangan jamiyatini tashkil qiladi va bankdan hisob raqam ochib, jinoiy faoliyatdan olingan 402 million 472 ming som mablagni moliyaviy yordam sifatida kiritadi. Tashkil etilgan MChJga 8 dona Nexia rusumli avtomashina sotib oladi.

Yigilgan mablagning 248 million 996 ming somini esa Elegant Stroy aksiyadorlik jamiyati tashkil qilib, uning nizom jamgarmasini shakllantirish uchun bankdagi hisob raqamiga kiritadi. Mazkur mablag hisobidan yana respublikada ishlab chiqarilgan 12 ta turli rusumdagi avtomobillarni xarid qiladi.

Jamiyatlarga kiritilgan ulushlardan ortganiga ozi uchun turli kochmas mulk obyektlari, yani turli bosh binolar, qum olish karerlari xarid qiladi.

Surishtiruv jarayonida malum bolishicha, bu shaxsga pul berganlar soni salkam 350 nafarni tashkil etgan.

B.Xojayevga nisbatan firibgarlik, juda kop miqdorda valyuta qimmatliklarini olish, otkazish, noqonuniy tadbirkorlik, savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish, faoliyat bilan litsenziyasiz shugullanish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini qasddan sodir etish kabi ayblovlar bilan jinoyat ishi qozgatilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-04-2019, 10:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -