» » Peterburgda maktab o‘quvchisi mast holda tojikistonlik 10 yoshli bolani so‘yishga urindi

Peterburgda maktab o‘quvchisi mast holda tojikistonlik 10 yoshli bolani so‘yishga urindi


Sankt-Peterburgda shirakayf qiz tojikistonlik 10 yoshli bolaga jiddiy jarohat yetkazgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Bolaning otasi, Tojikiston fuqarosi, tunda politsiyaga murojaat qilgan. Uning farzandi Peterburg kasalxonalaridan birida o‘rtacha darajadagi og‘ir ahvolda yotgan. Bolaga miya chayqalishi deb tashxis qo‘yilgan, shuningdek, boshi va bo‘ynidan kaltak yegani aniqlangan. Politsiya holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda va gumonlanayotgan jinoyatchi — 2002-yilda tug‘ilgan qizni qidirmoqda.

Huquqni muhofaza qilish xodimlariga xabar berilishicha, ikkinchi gumondor 15 yoshli qiz. Ikki dugona Peterburgning Kirov tumanidagi hovlilardan birida spirtli ichimlik ichgan. Keyin u yerda o‘n yoshli bola bilan tanishishgan. Biroz vaqt o‘tgach, qizlardan kattarog‘i bolani garajlar yaqini olib borgan. Shundan keyin chinqiriq ovozi eshitilgan va 15 yoshli qiz qo‘rqib, qochib ketgan. Ortiga qaytib kelganida esa uni politsiya qo‘lga tushirgan. Bolaga hujum qilgan qiz qayerga ketgani noma’lum.

Politsiya ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaganini ma’lum qildi. Chunki voqea to‘liq oydinlashmagan. Jinoyat quroli topilgani ham ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют