» » Apple xodimi iPhone’ni ta’mirlaydigan maxfiy qurilma haqida gapirib berdi

Apple xodimi iPhone’ni ta’mirlaydigan maxfiy qurilma haqida gapirib berdi


Apple kompaniyasi sobiq xodimlaridan biri “iPhone’ni kalibrlash uchun mashina” deb nomlangan qurilma suratini e’lon qildi. Uskunadan kompaniya qurilmalariga Apple Store do‘konining o‘zidayoq xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish uchun foydalaniladi, deb yozadi Motherboard.

“iPhone’ni kalibrlash uchun mashina” kompaniyaning har bitta do‘koniga o‘rnatilgan, ammo uning mavjudligi haqida faqat ba’zi kishilargina biladi. Manbaning aytishicha, ushbu qurilmalardan iPhone 5s chiqarilganidan keyin foydalanishni boshlashgan.

“U katta, qo‘pol qurilma edi, u xuddi garajda yasalgandek taassurot uyg‘otardi”, — dedi Apple Genius texnik ko‘mak markazi sobiq xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonni o‘rnatishdan oldin, mashinani yarim soat davomida sozlash kerak bo‘lardi, uning ichida esa xavfli va faqat qo‘lqop bilan tegish mumkin bo‘lgan suyuqlik bo‘lgan.

Qurilma kamera va displeyni kalibrlay oladi, shuningdek, Touch ID barmoq izi skanerini tuzata oladi. Bunday imkoniyat boshqa servislarda mavjud emas.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют