» » Qoshi yorilgan Dilshod Ro‘zmatov ham Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Qoshi yorilgan Dilshod Ro‘zmatov ham Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi


21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.

-81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilshod Ro‘zmatov ilk jangida hindistonlik Brijesh Yadavga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang ikkinchi raundda to‘xtatildi. Boisi Ro‘zmatovning qoshi yorilib ketdi. Ammo bu vaqtga kelib, o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobida oldinda borayotganligi boisdan, hakamlar Dilshodni g‘olib deb e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hasanboy Do‘stmatov Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, -52 kg vazn toifasi vakili Hasanboy Do‘stmatov butanlik Tensin Drugyelni va -69 kg vaznda esa Bobousmon Boturov eronlik Sajjar Kozimzodaposhtirini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют