» » Shri-Lankadagi portlashlar qurbonlari soni 200 kishidan oshdi

Shri-Lankadagi portlashlar qurbonlari soni 200 kishidan oshdi


Shri-Lankada 21-aprel, yakshanba kuni yuz bergan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” politsiya vakiliga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashlarda 207 kishi qurbon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada bir kunda 8 ta portlash yuz berdi. Sakkizinchi portlash poytaxt Kolombo yaqinida joylashgan Dematagoda shahridagi turar joyda sodir bo‘lgan.

Bundan avvalgi 6 ta portlash Kolombodagi mehmonxonalar va Kotaxen, Negombo hamda Battikaloa shaharlaridagi uchta katolik cherkovida Pasxa bayrami davomida yuz bergandi.

Yettinchi portlash Dexivala shahri hayvonot bog‘i yaqinida uyushtirildi.

Avvalroq Shri-Lankadagi portlashlarda 35 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют