» » Kelasi hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

Kelasi hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?


“O‘zgidromet” 21—24-aprel kunlari kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21 va 23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 va 24-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-aprelda kechasi 5-10o, kunduzi 13-18o, 22-24-aprelda kechasi 7-12o, kunduzi 15-20o bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 22-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 17-22o bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 22-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 17-22o bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 22-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 21-aprelda 22-27o, 22-24-aprelda 20-25o bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21 va 23-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 va 24-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 21-aprelda 20-25o, 22-24-aprelda 17-22o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10o iliq, kunduzi 21-23-aprelda 7-12o iliq, 24-aprelda 5-10o iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют