» » Germaniya moliya vaziriga pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan paket yuborildi

Germaniya moliya vaziriga pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan paket yuborildi


Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyblega yo‘llangan portlovchi modda joylashtirilgan paket vazirlik xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bild xabar bermoqda. 

Simlari chiqib turgan shubhali posilkaga vazirlik ekspeditorlik xizmati e’tibor qaratdi. Muassasaga portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar chaqirildi va vazirlik binosidan xodimlar chiqarildi.

DW ma’lumotlariga ko‘ra, texnika-kriminalistika instituti ekspertlari xavfli topilmani Berlin chekkasidagi portlashlarni amalga oshirish hududiga yetkazdi va tarkibini o‘rganishga kirishdi. 

Paketda portlovchi qurilma va pirotexnika buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan aralashma borligi ma’lum bo‘ldi. Bunday qurilma posilka ochilgan taqdirda ishlab ketishi mumkin edi. 

Mamlakat huquq-tartibot idoralari mazkur holat yuzasidan tekshiruvni boshladi. 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют