» » “Anadolu” doktorlari o‘z bolasini onkologiyadan qanday himoya qilish to‘g‘risida so‘zlab berdilar

“Anadolu” doktorlari o‘z bolasini onkologiyadan qanday himoya qilish to‘g‘risida so‘zlab berdilar


Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga ko‘ra butun jahonda onkologiya bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi o‘lim holatlarining yetakchi sabablaridan biri hisoblanadi. Har yili turli yoshdagi – tug‘ilganidan boshlab va 18 yoshgacha bo‘lgan taxminan 300 ming bolaga saraton tashhisi qo‘yiladi.

Amerikaning mashhur Johns Hopkins Medicine klinikasi bilan hamkorlikda ishlayotgan “Anadolu” (Stambul) Tibbiyot markazi mutaxassislari bolada onkologiyani o‘z vaqtida payqash uchun ota-onalar qanday xavotirli simptomlarga e’tibor berishlari kerakligi to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Umumiy simptomlar

Bir qator simptomlar mavjud bo‘lib, ular saraton rivojlanishidan dalolat berishi mumkin. Lekin ulardan ko‘pi noaniq hisoblanadi va boshqa kasalliklarning belgilari bilan juda o‘xshash bo‘ladi, shuning uchun ota-onalar har doim ham ularga tegishlicha e’tibor beravermaydilar. Natijada qimmatli vaqt yo‘qotiladi – kasallik kuchayadi va ancha kech bosqichda aniqlanadi, bu vaqtda davolash ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ota-onalarning bu “xavotirli signallarni” bilishlari va ular paydo bo‘lgan hollarda o‘z vaqtida vrachga murojaat qilishlari juda muhim.

Onkologiya kasalliklari bo‘lgan bolalarda quyidagi umumiy simptomlar eng ko‘p uchraydi:

lanjlik, holsizlik, tez charchash

ishtahaning yo‘qligi, vazn yo‘qotish

tez-tez kuzatiladigan injiqlik, yomon kayfiyat

tana haroratining bir oz ko‘tarilishi — 37,5 gacha

tunlari ter ajralishining yuqoriligi (profuz ter deb ataladigan ter paydo bo‘ladi)

tez-tez yuzaga chiqadigan dermatitlar

anemiya (kamqonlik) belgilari

Kasallikka bog‘liq holdagi simptomlar

Onkologiyaning har bir turida shuningdek kasallikning faqat o‘ziga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘lishi mumkin. “Anadolu” vrachlari bolalarda onkologiyaning eng keng tarqalgan quyidagi turlarini va ularning asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatadilar:

Miya shishlari (o‘smalari)

Kasallikning asosiy belgisi bosh suyagi ichki bosimining oshib ketishi hisoblanadi, u ertalabki bosh og‘riqlari, qusish, g‘ilaylik yoki ko‘rishning boshqa buzilishlari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bosh og‘rig‘i ko‘pincha bola uyqudan so‘ng o‘rnidan turganda yuzaga keladi. Bola faqat qusgandan so‘ng yengillik his qiladi, bunda og‘riq kun mobaynida o‘tib ketadi. Bu simptomlar ko‘pincha tajribasiz vrachlarni chalg‘itadi, bu noto‘g‘ri tashhis qo‘yishga olib keladi: kasallik ko‘p hollarda gastrit, gastroduodenit yoki gijjali invaziya, meningit bilan adashtiriladi.

Neyroblastoma

U odatda chaqaloqlarda va kichik yoshdagi (kamdan kam – 10 yoshdan oshgan) bolalarda uchraydi. Shish ko‘pincha qorin sohasida rivojlanadi: bola qorin shishishi, noqulaylik yoki og‘riqdan shikoyat qilishi mumkin. Qorin bo‘shlig‘i paypaslab tekshirilganda, odatda og‘riq bo‘lmaydi.

Shish shuningdek bo‘yin sohasida ham joylashishi, ko‘z olmasi orqasiga ham tarqalishi va uning bo‘rtib oldinga chiqib qolishini chaqirishi mumkin. Neyroblastoma ko‘pincha suyaklarni ham zararlaydi, suyaklarda og‘riq, cho‘loqlanish, yurish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Orqa miya kanalidagi shish holsizlik, oyoqlarning uvishishi va falaji yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Leykozlar va qonning ba’zi bir boshqa kasalliklari

Onkologiyaning bu turida bolada tez-tez qon talashishlar paydo bo‘ladi, burundan, oshqozon-ichak va buyrakdan qon ketishi kuzatilishi mumkin va hokazo. Ko‘pincha limfa tugunlari, jigar va qorataloq (gepato-splenomegaliya) kattalashadi, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi.

Kichik tos suyagi sohasidagi shishlar

Bu holda patsiyentlarda ko‘pincha ich kelishi yoki siyishning buzilishi, qorinning kattalashishi yuzaga keladi.

Ko‘z to‘rpardasining xavfli shishi (retinoblastoma)

Kasallikning asosiy belgisi — ko‘z qorachig‘ining oqish-sariq nurlanishi bo‘lib, u ayniqsa fotografiyalarda seziladi. Shish o‘sib borgani sayin dumaloq shakldagi kulrang-oqish rangdagi (bir yoki bir nechta) tugun shakllanadi, u ko‘zning shishasimon moddasiga kiradi. Natijada bolada ko‘rish o‘tkirligi pasayadi va g‘ilaylik paydo bo‘ladi.

Suyak sarkomasi

Kasallikning bosh belgisi zararlangan soha ustidagi doimiy simillovchi og‘riq hisoblanadi, bu og‘riqning jadalligi, shu jumladan tunda sekin-asta ortib boradi. Ko‘plab bemorlarda qo‘l-oyoqlarning kattalashishi kuzatiladi: ular ko‘pincha shishgandek ko‘rinadi. Ko‘p hollarda shish tasodifan shikastlanishdan so‘ng aniqlanadi.

Bolada onkologiya aniqlanganida nima qilish kerak?

Onkologiyani davolashda faqat shishlarni erta aniqlash emas, balki qo‘yilgan tashhisning aniqligi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday holatda faqat bitta vrachning fikri bilan chegaralanib qolmaslik kerak – ota-onalarning bir nechta mutaxassis bilan maslahatlashishi maqsadga muvofiq.

Shuni yodda tutish muhimki, bugungi kunda ko‘plab xorijiy klinikalar kasallik va zaruriy davolash bo‘yicha “ikkinchi tibbiy fikrni” bajonidil taqdim etadilar. Shubhalar tug‘ilgan hollarda ota-onalar jumladan “Anadolu” tibbiyot markazining mutaxassislariga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin: klinikaning yetakchi professorlari kasallik tarixini mutlaqo bepul ko‘rib chiqish va 48 soat mobaynida o‘zlarining mustaqil xulosalari va davolash bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etishga tayyordirlar.

“Anadolu” tibbiyot markazidagi Bolalar onkologiyasi bo‘limi mudiri, professor Alp Ozkan

Ish tajribasi – 25 yildan ko‘proq

Turkiyada bolalarning onkologiya kasalliklarini davolash standartlarining ishlab chiquvchisi hisoblanadi.

Turkiyaning Stambul shahridagi “Djerraxpasha” Tibbiyot universitetida Bolalar onkologiyasi fakulteti rahbari

Uzoq vaqt Anderson nomidagi Onkologiya shifoxonasida, Muqaddas Iuda tadqiqot gospitalida va AQSh Texas bolalar shifoxonasida ishlagan

Bolalar onkologiyasining eng murakkab hollari: leykemiya va limfomalar, suyaklar, yumshoq to‘qimalar, bosh miya, buyraklar shishi, neyroblastomalar va retinoblastomalarni muvaffaqiyatli davolash bilan shug‘ullanadi.

Xalqaro va milliy ilmiy nashrlarda 200 dan ortiq ish va Umumiy pediatriya va Bolalar onkologiyasi bo‘yicha 5 ta kitob muallifi.

Yanada ko‘proq ma’lumot: https://www.anadolumedicalcenter.tv/ru/browse-alp-yozkan-videos-1-date.html

Ma’lumot uchun:

Sayt 

E-mail

Facebook

Reklama huquqi asosida.

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют