» » Liga 1. PSJ muddatidan avval chempionlikni Mbapenning het-triki bilan nishonladi

Liga 1. PSJ muddatidan avval chempionlikni Mbapenning het-triki bilan nishonladi


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 33-turi doirasida 4 ta uchrashuv yakuniga yetdi.

Kunning so‘nggi o‘yinida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida Leonardu Jardim boshliq “Monako” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 15, 38 va 56-daqiqalarida parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe kiritgan gollarga “knyazlik klubi” yarim himoyachi Aleksandr Golovinning urgan yagona goli bilan javob qaytardi. Shu tariqa PSJ o‘z uyida kechgan bahsda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolari sonini 84 ochkoga yetkazdi. Qayd etish joiz, PSJ mazkur bahsni chempion sifatida boshladi, boisi ikkinchi o‘rindagi “Lill” jamoasi mazkur turda durang o‘ynadi va Parij klubiga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Shu tariqa PSJ musobaqa chempionligini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.

33-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Liga 1

33-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 49 Kulibali, 2:0 — 55 Kulibali, 3:0 — 59 Ronye, 3:1 — 62 Otero, 3:2 — 77 Timite

Gollar: 0:1 — 25 Kabella, 0:2 — 51, avtogol, Engels

Gollar: 1:0 — 15 Mbappe, 2:0 — 38 Mbappe, 3:0 — 56 Mbappe, 3:1 — 80 Golovin

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют