» » Amerikalik juftlik 13 nafar bolani qamab qo‘ygani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Amerikalik juftlik 13 nafar bolani qamab qo‘ygani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Kaliforniya sudi 13 nafar bolani qamoqda saqlagan er-xotin Devid va Luiza Turpinni 25 yildan so‘ng shartli ozod qilish huquqi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Fevral oyida sud er-xotin Turpinlarni zo‘rlik ishlatish, qiynoqqa solish va noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishda aybdor deb topgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kaliforniyalik Devid va Luiza o‘zlarining 13 nafar farzandlarini asirlikda saqlagan. Ular bolalarini karavotga bog‘lab qo‘ygan, kunda bir marta ovqat bergan va yilda bir marta yuvinishga ruxsat bergan.

Bu haqda 2018-yilning yanvar oyida ularning 17 yoshli qizi uydan qochib ketib politsiyaga xabar berganida ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют