» » OChL. “Lokomotiv” bugun o‘z uyida “Al-Ittihod”ni qabul qiladi, “Paxtakor” esa “As-Sadd” maydoniga safar qiladi

OChL. “Lokomotiv” bugun o‘z uyida “Al-Ittihod”ni qabul qiladi, “Paxtakor” esa “As-Sadd” maydoniga safar qiladi


22-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

“B” guruhidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekistonning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda “temiryo‘lchilar” Jidda klubiga 2:3 hisobida yutqazgandi.

Ma’lumot uchun, toshkentliklar ayni damda 3 ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda. “Al-Ittihod” esa 6 ochko bilan 2-pog‘onani band qilib turibdi.

Shu kuni Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor” Qatarda “As-Sadd”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 21:00 da start oladi.

Ta’kidlash joiz, toshkentliklar o‘z uyida kechgan bahsda qatarliklar bilan durang o‘ynagandi (2:2). O‘shanda Xavi dublga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” 5 ochko jamg‘argan holda “D” guruhida yetakchilik qilmoqda.

OChL

4-tur bahslari

22-aprel, dushanba

“B” guruhi

“D” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют