» » Olmaotada ikki kunlik chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Olmaotada ikki kunlik chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi


Olmaotada ikki kunlik chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida 1994-yilda tug‘ilgan ayol eri va ikki bolasi bilan Olmaotadagi ijara uyda yashab kelgan. Uchinchi farzandini tug‘ishni istamagan, biroq homiladorligi ma’lum bo‘lgach, bundan foyda ko‘rishni rejalashtirgan. Yaqinlari va tanishlariga hali tug‘ilmagan go‘dakni ma’lum haq evaziga berishga tayyorligini ma’lum qiladi. 

Olmaota ichki ishlar departamenti uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari bu haqdagi ma’lumotga ega bo‘lgach, ayolni kuzatuv ostiga oldi.

U farzandini dunyoga keltirgach, ertasiga kvartirasiga “xaridor”ni chaqirib, 2 ming dollar evaziga chaqaloqni pullayotganida qo‘lga olindi. 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют