» » Osiyo chempionati. Shahnoza Yunusova yaponiyalik bokschini mag‘lub etib, kamida bronzani naqd qildi

Osiyo chempionati. Shahnoza Yunusova yaponiyalik bokschini mag‘lub etib, kamida bronzani naqd qildi


22-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.

-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan ringga chiqayotgan Shahnoza Yunusova musobaqadagi ikkinchi jangini yaponiyalik Makoto Kikuchiga qarshi o‘tkazdi. Uch raundlik jangda Yunusova ochkolar hisobiga g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi Nodirjon Mirzaahmedov hamda Miraziz Mirzahalilov ham g‘alaba qozonib, kamida bronza medalni naqd qildi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida Yodgoroy Mirzayeva ham raqibini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют