» » Zafar Hoshimov monopoliya, QQS va narx-navolar, Ozbekistonning istiqboli va boshqa kop narsalar haqida

Zafar Hoshimov monopoliya, QQS va narx-navolar, Ozbekistonning istiqboli va boshqa kop narsalar haqida


Korzinka.uz supermarketlar tarmogi, City Taxi taksi xizmati, RedTag liboslar magazinlari tarmogi, FLO poyabzaldokonlari tarmogi asoschisi Zafar Hoshimov Kirill AltmanningAlter Egoloyihasida sarmoyalash qoidalari, muvaffaqiyatsizlikka munosabati, soliq islohotlari vaQQS joriy etilishi natijalari, yopiq bozordagi raqobat, yakka hokimlik, Ozbekistonning istiqboli vaboshqa kop mavzular haqida soz yuritdi. Spot suhbatning asosiy qismlaridan parchalar keltirdi.

Kopincha shunday taklif kelib tushadi: Mening bir goyam bor, ammo agar moliyalashtirishga rozi bolsangiz, uni sizga aytishim mumkin yoki biz shartnoma imzolaymiz. Eshiting, men hali goya nima haqda ekanini bilmayman, siz esa mendan qandaydir kommitments qilishni soraysiz.

Ha, biroq men sizga ozimning goyamni aytsam, sizga keragim bolmay qolishidan qorqaman, siz ozingiz uni amalga oshirasiz vasohibi bolasiz. Men: juda yaxshi, boring, patentlashtiring, keyin keling vataklif kiriting. Himoya bor. Biroq men goyangizni bilmay turib, siz bilan investitsiyalashtirish majburiyatlari togrisida hech qanaqa shartnomani imzolamayman.

Goyalar juda kopaydi, buularning qadrini tushiradi, biroq, bubilan yaxshi goyalarning ahamiyati yanada oshadi. Kopchilik biznesni nimadan boshlash kerakligini sorashadi, men esa oylang deyman. Menimcha, 18 millionta natija boladi. Goya men nimanidir ishlab chiqarishimda emas-ku, axir.

Qimmatli goya buni qanday amalga oshirish kerakligidan, nima meni buishni qilishga urinayotganlardan oldinga olib chiqishi vauni qanday qilib sifatli vaarzon qilishdan iborat boladi. Bunday goyalar qimmat turadi.

Xatolar juda kop, men hatto buhaqda maruza qilganman.Zafar Hoshimovning 10 taxatosi. Yutuq vaxatolar tarixi ajralmasdir. Muvaffaqiyatlar tarixi bir qator xatolar tarixi hamdir. Ayrimlar muvaffaqiyatni odamlarning xatolarga qaramay olga borishida, deb biladilar.

Odam bir faoliyatni amalga oshirarkan, xato qilmay iloji yoq. Bu orinda soz siz qanday xatoga yol qoyayotganingizda emas, balki ulardan qanday xulosa chiqarishingizda. Men otmishga juda yengil munosabatda bolaman. Agar bir ish shunday bolgan bolsa, demak, taqdirda bor ekanligini tushunaman vabuni keyinchalik takrorlamaslik uchun nima qilish lozimligi hamda busaboq bolishi kerakligi haqida oylayman.

Menga shunday savol berishdi: sizning eng katta xatoingiz qanchalik qimmatga tushdi? Siz nimanidir yoqotganingizda, aslida, qancha narsani qolga kiritishingiz mumkin bolganini yoki ehtimol buyoqotish bolishi mumkin bolgan barcha yoqotishlarning eng kami bolganini aslida bilmaysiz.

Agar siz hozir xato deb hisoblaydigan osha yoldan borganingizda, ehtimol, uyerda katta tuzoq bolgan bolishi mumkin edi. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganimda men bazan ozim sarflagan vaqtga achinaman.

Monopoliya hatto bizdan tashqari butun mamlakat uni qollab-quvvatlaganda ham biznes yuritishning togri vayaxshi korinishi bolib qolmaydi. Kopchilik shunday qilishi esa buning togri ekanini bildirmaydi. Monopoliyaning ikkita turi bor. Masalan Google yoki Facebook monopoliyasi, hozir yuritilayotgan biznesning eng yaxshi usullarini patentlashtirgan texnologik monopoliyalar bor, biroq baribir, siz yangi goyalar bilan kelishingiz vaularni chellendjit qilishingiz mumkin, siz ularni maglub eta oladigan yangi salobatli ijtimoiy tarmoq yaratishingiz mumkin.

Shunday samarali monopoliyalar bor, ularda shunday narxlar ornatilganki, buraqobat muhitiga hech kim kirmaydi ular oz samaradorligini yakkahokimlikka aylantirishgan, biroq bubozor monopoliyasi hisoblanadi.

Biz yovuz Monopoliya togrisida soz yuritamiz, ular hamma yerda Rossiyada ham, Qozogistonda ham mavjud. Yovuz yakkahokimlik mamuriy davlat resursidan ozining daromad keltiruvchi faoliyati uchun asos sifatida foydalanish demakdir.

Agar davlat qollab-quvvatlamasa, monopoliya bolmaydi. Agar, aytaylik, har qanday aviakompaniya buyerga uchib kela olsa yoki joyida tashkil etilsa, bizda aviakompaniya yakkahokimligi bolmagan bolardi, agar, misol uchun mamlakatimiz avtosanoati uchun imtiyozlar berilmaganda, bizda buyerda raqobat muhiti yaralgan bolardi.

Bizda savdo magazinlari mudirlari bilan favqulodda Telegram-chat bor, uorqali men 50 ta magazin bilan boglanib turaman vahar kuni ularda nechoglik tez-tez elektr quvvatini uzib qoyishlarini koraman.

Agar raqobat bolganida edi men hozirgi yetkazib beruvchilardan boshqa elektr toki beradigan provayderga otib ketardim. Buborada davlat bozorga unchalik ham ishonmaydi, deb hisoblayman. Monopoliya lobbizmi juda kuchli, bumonopoliyalarning davlat qollab-quvvatlashi tufayli nihoyatda mustahkamlangan, ular davlat yordamida tashkil etilgan vadavlat idoralarida ham katta tasiriga ega.

Odam biznesga pul ishlash, farovonlikka ega bolish uchun kirishadi, biroq biznes oz mantiqiga kora rivojlanadi va oz qoidalariga boysundiradi. Men uchun biznes farzand kabidir. Farzandingiz uchun yetarlicha yaxshi sharoitlar bormi? deb sorashingiz mumkin. Chamamda yoq, chunki, siz unga yanada koproq yaxshi bolishini istaysiz. Shuning uchun qanchadir vaqtdan keyin hozirgi farovonlik darajasi tushib ketadi, siz nima uchun biznes sohasida ekanligingiz haqidagi mantiq ozgaradi.

Men bizning biznesimiz juda kichik vayolning boshida, deb hisoblayman, tin olish vaxotirjam tortish uchun yetarli bolgan katta yutuqqa erishdik, deb oylamayman.

Ikkinchisi biznesda, agar yodingizda bolsa, Alisa garoyibotlar mamlakatidada bir joyda turish uchun yugurish kerak, oldinga yurish uchun yanada tezroq yugurish kerakligi aytilgan. Biznesda ham xuddi shunday.

Menga, biz biznesda teskari tomonga ketayotgan eskalatorda turgandek tuyuladi, unda hech bolmasa turish uchun yugurish kerak

Buortiqcha havas yoki azart emas, shunchaki rivojlanish istagi, men uchun kuch-quvvat borida harakat qilish, nimagadir erishish usuli.

Har bir kishining yaxshi biznesga aylantirish mumkin bolgan noyob goyalari boladi, shunchaki, hamma ham bu goyani togri tushunmaydi, uni togri baholab, amalga oshirmaydi.

Bunarsa kishi qanday muhitga tushishiga bogliq. Tadbirkorlik talimning juda yaxshi usuli, siz saboq olishni juda tez boshlaysiz.

Menimcha, Freakonomicsda shekilli, juda qiziqarli maqola chiqqan edi, unda kochada giyohvand modda sotuvchilar Makdonalds xodimlariga qaraganda kam daromad qilishlari muhokama qilingan. Bundagi mano shundaki, xodimlar iyerarxiya boyicha bir kuni rahbar bolishga umid qiladilar. Otkazilgan shunday tadqiqotlardan biriga kora, Garbdagi tadbirkorlar (ayrim yollanma xodimlarga nisbatan) kamroq daromad qiladilar. Aytaylik universitet bitiruvchisi oz biznesini boshladi yoki ishga joylashdi, ishga joylashgan shartli ravishda yiliga 50?60 ming dollar pul topadi. Uning tengdoshi [ biznesdagi] 3?5 yil kam pul ishlaydi vakopincha, yani 100 dan 93 taholatda zarar koradi.

Biroq tadbirkorlar jamiyatda axborotning juda muhim qismini olib yuradi, ular oz tajribalarida nima qilish mumkin emasligini korsatadi vatadbirkorlarning keyingi qatlami busaboqni esdan chiqarmaydi vailgari boradi vabozor shunday rivoj topadi. Agar yorib chiqmaganlarni hisobga olmaganda, kopchilik qayd etilgan daromadga ega bolgan holda bemalol ishlaydigan odamlarga nisbatan kam pul topadi.

Vasiz buhaqda oylay boshlaganingizda tadbirkorlar nechoglik fidoyi ekanliklari, sal galati tuyulsa ham, begaraz odam ekanini tushunasiz.

Bizda tadbirkorlikning biroz notogri tajribasi bor, odamlar jonlandi, biroq bozor baribir kattalashgani yoq Tadbirkorlik shu qadar bir tomonlama rivojlangani yaxshi pul tolanadigan koproq ish orinlari yaratish imkonini bermadi. Shuning uchun biz mamlakatda keng orta sinfni kormaymiz. Negaki, keng orta sinf har doim ham tadbirkorlikdan yuzaga chiqmasa-da, utadbirkorlik mahsulidir.

Biz otgan yil 29-iyunda ozgartirilgan vaqabul qilingan birinchi konsepsiya uchun kurashdik. Yagona soliq tolovi bekor qilinishi uchun kurashdik, umamlakatda murakkab mahsulotlar yaratilayotgan, ozaro boglangan ishlab chiqarishlar zanjiri bolgan bir paytda yaxshi tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish uchun katta yuk edi.

Yagona soliq tolovi har safar aylanmadan olinar vauzun ishlab chiqarish zanjirlari yaratilishiga yol qoymas edi, shu tufayli mamlakat asosan xom ashyo, yarim xom ashyo yoki juda oddiy mahsulotlar ishlab chiqarar, ishlab chiqarishni markazlashtirish imkoniyati yoq edi vadavlat soliq boshqaruvini himoya qilish, qollab-quvvatlash vaimtiyozlar yaratishga majbur bolardi,soliq boshqaruvining tabiiy usuli esa hozirga qadar kuchda bolgan osha soliq tizimi tomonidan toptab, buzib kelingan edi.

Biz QQSga otgan dunyodagi 168 mamlakatmiz. Soliq hech kimga yoqmaydi, kopchilik uchun har qanday soliq yomon. Buborada bizda hech qachon xom xayol bolmagan. Yana juda kop odamlar qanday ishlagan bolsalar shu xilda ishlashni davom ettirishga organganlar: Iltimos, menga tegmang vaxohlagan ishingizni qiling. Biroq qachon kimdir Menga tegmang desa, keyin barcha jorovoz bolib nega bizda shunchalik yomon? deydi, savol tugiladi.

Vahozirgacha qisman vamohiyatan bizda mavjud bolgan iqtisodiy ahvol uchun masul bolgan soliq tizimi.

Biz QQSni 12% darajasida belgilashni taklif qilgandik, 20% darajasida qabul qilindi. Men buni maglubiyat deb qabul qilamanmi yoq, dastlabki variantdagi barcha buzilishlar bilan qabul qilingan soliq islohoti bunga qadar bolganlaridan yaxshi, deb hisoblayman.

Soliq islohotidan keyin hamma narxlar oshganini gapiryapti, biroq narxlar doim osganini ham hisobga olish lozim. Biz doimiy ravishda narxlarni monitoring qilib boramiz vaqiyosiy jadval tuzganmiz. Biz 2018 yilning yanvar oyida narxlar qanchalik oshganini hisoblaganimizda, bu18%ni tashkil qilgan, buyilgi yanvarda esa narxlar oshdi, biroq osish yillik hisobda 13%dan iborat boldi.

Bizga ayrim mahsulot yetkazib beruvchilar kor-korona narxlarni kotarib yuborishdi vabiz ular bilan ishladik. Eslaysizmi, yanvar oyining ortalaridapeshtaxtalar bosh qolgandi? 725 tamahsulot yetkazib beruvchidan 644 tasi narxlarni avvalgidek qoldirishdi, narxlarni oshirganlar esa oz savdolarini yoqota boshlagandan keyin, tushirishga kirishishdi. Birini ol, ikkinchisi bepul aksiyasidagi hozirgi mol-kollik ular tovarlarini sota olmay qolganlari vaendi majburan chegirmalar bilan berayotganlari sababi ana shundan.

Soliq islohoti buolmazor tashkil qilishdek gap. Biz bor-yogi buvoqelikning uchinchi oyida yashayapmiz vahamma narxlar oshganini gapiradi. Yana bir karra istak maylida: agar soliq islohotini amalga oshirmasak, nima narxlar barqaror qolarmidi? Unda nega 27 yil davomida narxlar oshib bordi?

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining osish meyori avvalgidek yoki otgan yillarga nisbatan pastroq boldi, narhlar soliq islohotlari tufayli tezroq osgani yoq. Dastlabki vahima, yani odamlar narhlarni oshira boshlaganlari buyana bir karra tushunmaslik oqibati boldi.

Aytaylik, sizda kuni kecha 100 somdan sotgan Amahsulotingiz bor: nima uchun siz soliq islohoti bolmaganda uni 120 dan sotmagansiz? Negaki, bozor uni sizdan 120 somga sotib olmagan bolardi. Narxni siz emas, balki bozor belgilaydi.

Men uni sizdan 120 dan sotib olishga tayyor emasman, uni sizning raqibingizdan 100 somga olaman, shuning uchun siz ham uni 100 somga sotasiz. Mahsulot bizga qanchaga tushgani esa hech qachon biz uni qanchaga sotishimizga asos bola olmaydi, aks holda zararga ishlaydigan korxona bolmasdi.

Shuning uchun bozor oz aytganini qildiradi. Qachon, aytaylik, ichimliklarning bir turi narxi oshadigan bolsa, bozor kuzatadi: ularning boshqa turi almashmadimi vaboshqasi bilan aralashmayaptimi? Bilasizmi, bizda soliq islohotidan keyin gazlangan ichimliklar savdosi qanchalik osdi vanima uchun? Negaki, Coca-Cola vaPepsi har doim QQS tolashgan, ular narxlarni oshirishmadi, boshqa ichimliklar narxi oshdi, bozordagi ulushini yoqotdi, endi esa ularning narxi ham pasaydi.

Haqiqiy afzallikni tushunish uchun biz hech bolmasa bir yil yashashimiz lozim. Hozir, aksincha, ishlash kerak vayangi tizimda mavjud bolgan barcha xato vayanglishlarni tezroq tuzatish vaiyulda soliq kodeksi tomon borishimiz lozim. Buish hali davom etmoqda vabiz yangi soliq kodeksini olgandan keyin yakunda nima galaba qilganini muhokama qilishimiz mumkin boladi.

Siz nega yuzlab boshqa tadbirkorlar emas, balki bubilimlar vabuning uchun kurashish kerakligi haqida gapirdingiz? Buyuk vadahshatli Zafar Hoshimov qayerdadir, nimagadir bosim otkazishi mumkin, deb gapirishgandi.

Agar dahshatli Zafar Hoshimov bosim otkaza olganida edi, uumuman buni buyerda tushuntirib otirmagan bolardi, shuning uchun bubolmagur gap. Men buni istisno ravishda ozimning muallimlik kasbimdan kelib chiqib, odamlarda notogri tasavvur hosil bolmasligi uchun hikoya qildim.

Har bir islohot, har bir cheyndjmenedjmentda odamlar mamlakatda nimalar yuz berayotganini tushunishlari juda muhim. Siz tushunib yetmagan, biroq ozingizga aloqador bolgan masalalarda nimadir yaxshi narsalarni anglab yeta boshlaysiz, soliqlar esa barchaga aloqador. Xalq soliq tolaydi vaagar unimanidir bilmaydigan bolsa, malumot qidirish, har qanday manbadan uni topish vabuhaqda oz shaxsiy tasavvurini yaratish huquqiga ega, Yaxshi, men sizdan tushuntirishsiz pul olaman, busizni qanoatlantiradimi?

Otmish haqida gapirganda: yirik biznes yagona, har doim ham gamxor bolmagan qanot ostiga otganda, siz qanday qilib biznesingizni saqlab qolishga muvaffaq boldingiz? Qandaydir davolar bolmadimi?

Biz oz nonimizni topayotgan mehnat juda-juda mayda vasinchkovlikni talab etadi. Buning evaziga olinadigan daromad neft quvuri ustida otirish emas. Buyerda ish juda kop. Men aftidan ishning ayni shunday holatini hisobga olaman. Biz buqadar katta emas edik, endi esa juda kuch bilan osyapmiz. Bunisbatan kichik, shu bilan birga juda mehnattalab biznes edi. Agar hozir jamoa almashtiradigan bolinsa, buham shunday ishlaydi degani emas. Shunchaki, buyerda ishlagan odamlar oz ishini yaxshi biladi vabuishlar oson emasligini, pul sidirib olinmasligini tushunadi vabuish beradi.

Buhaqda hech narsa demayman. Faqat bir narsani aytishni istayman, siyosiy elitalar qanoti ostida yashab kelgan kompaniyalar hamisha bolgan.

Men bunda xavfsizlikdan kora koproq tahdid bolgan, deb hisoblayman, negaki, qachonki, biron kompaniya qandaydir etiborli figuralar bilan kuchli siyosiy himoyalangan bolsa, ularning maydondan ketishi bilan bukompaniyaning ozi juda nochor bolib qoladi. Shuning uchun buborada biz doim qabul qiladigan strategiya bir xil uzoqlikda masofa saqlash. Yaxshi biznes hokimiyatdan ikkinchi qatorda otirishi lozim.

Men besh yildan keyin shiddatli iqtisodiy rivojlanishning eng markazida bolamiz, deb hisoblayman. Dunyo boyicha Ozbekiston kabi osish nuqtalari juda ozqoldi imkoniyatlar, bozor, odamlar, tabiat, ekologiya, bizning barcha smetadan tashqari yer osti boyliklarimiz. Agar sanab otadigan bolsak, dunyoda navbatdagi shiddatli osish, ishonamanki, Ozbekistonda boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-04-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -