» » Xotin-qizlar qo‘mitasi: O‘zbekistondan chet elga kelin bo‘lib ketgan qiz-ayollar ro‘yxati shakllantiriladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi: O‘zbekistondan chet elga kelin bo‘lib ketgan qiz-ayollar ro‘yxati shakllantiriladi


Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida chet el fuqarolariga turmushga chiqib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilishi ma‘lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, Namangan viloyatidan chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilgan. Qo‘mita O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ayolarning yashash sharoitini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Kelgusida butun respublika bo‘ylab chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan bog‘lanish va turmush sharoitini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

Bundan avval, andijonlik Sh.Davlatova Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tib, doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Biroq, qiz ma‘lum vaqt o‘tib, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasiga yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilib O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgani haqida xabar bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют